Bunu: «Fransiya bizdan har jihatdan ustun edi»
Marokash terma jamoasi darvozaboni Yassin Bunu JCh–2026 chorak finalida Fransiyaga qarshi uchrashuvdan keyin raqibning ustunligini tan oldi.
"Biz o‘zimizdan kuchliroq jamoaga qarshi o‘ynadik, bu haqiqat. Hattoki taktik jihatdan ham ustunligimizdan foydalana olmadik, chunki ular barcha jabhalarda bizdan yaxshiroq edi.
Endi buni qabul qilishimiz, yana ishlashni davom ettirishimiz, jamoani qayta qurishimiz va raqibimizni g‘alaba bilan tabriklashimiz kerak", — dedi Bunu DSports Radio efirida.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi hisoblanadi.