Muhammad Uabi: «Ayrim futbolchilar o‘ynashga tayyor emasdi»
Marokash ustozi Fransiyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
09.07.2026, Yak.
Fransiya
2
Marokash
0
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Uabi JCH–2026 chorak finalida Fransiyaga qarshi kechgan so‘nggi mag‘lubiyat sabablari haqida fikr bildirdi.
"Biz ishlashda davom etishimiz kerak. Ayrim futbolchilar maydonga tushishga tayyor emasligi sababli yo‘qotishlarga uchradik. Albatta, bu natijadan xafamiz. Ammo kelajak yanada yaxshiroq va yorqin bo‘ladi", — dedi Uabi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi ushbu g‘alaba orqali Jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi. Didier Desham shogirdlari keyingi bosqichda Ispaniya — Belgiya juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.