Dembele: «Mbappe hech qachon o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaydi»
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele Jahon chempionati–2026 chorak finalida Marokashga qarshi o‘yindan (2:0) so‘ng jamoadoshi Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Kilian Mbappe hech qachon o‘ziga shubha qilmaydi. Penalti tepishda ham xatoga yo‘l qo‘ysa. U ajoyib futbolchi va bizning sardorimiz. U shubha nimaligini bilmaydi, ruhiy jihatdan juda kuchli. Biz Kilianidan yana ko‘plab gollar kutyapmiz», — dedi Dembele. Uning so‘zlarini L'Équipe keltirmoqda.
Marokashga qarshi bahsda Mbappe bir gol urdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Ispaniya — Belgiya juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.