locale OZ

Fransiya Mbappening jarohatini nazorat ostiga oldi

Kilian Marokashga qarshi bahsning 77-daqiqasida maydonni tark etgan edi.
Fransiya Mbappening jarohatini nazorat ostiga oldi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
09.07.2026, Yak.
Fransiya
2
Marokash
0

Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabi hujumchi va jamoa sardori Kilian Mbappening to'piq holatini diqqat bilan kuzatib bormoqchi.

Futbolchi Jahon chempionati–2026 chorak finalida Marokashga qarshi o'yinning (2:0) ikkinchi bo'limida ushbu joyidan zarba qabul qilgan. Bu haqda jurnalist Fabrice Hawkins o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Fransiya yig'inida Mbappening jahon chempionati yarim finalida maydonga tushishiga shubha qilinmayapti.

Qayd etilishicha, zarba 2020 yilda jiddiy jarohat olgan to'piq qismiga to'g'ri kelgan. O'sha vaqtdan beri uning ahvoli ancha yaxshilangan bo'lsa-da, ushbu joy hali ham ehtiyotkorlik bilan nazorat qilinishi lozim.

Eslatib o'tamiz, Mbappe Marokashga qarshi bahsning 77-daqiqasida maydonni tark etgan edi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting