\"Mash'al\" rossiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Photo: Mashal PFk
"Mash'al" jamoasi rossiyalik markaziy himoyachi Yashin Dmitriy Valeryevich bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
32 yoshli tajribali legioner Poxvistnevo shahrida tug‘ilgan. U faoliyati davomida Rossiya, Belarus, Armaniston va Qozog‘iston chempionatlarida to‘p surgan.
Yashin o‘z vaqtida Rossiyaning "Terek II", "Tsokol Saratov", "Orel", "Kuban" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Belarusning "Krumkachy", "Luch Minsk", "Dnyapro Mogilev", "Torpedo Jodino", Armanistonning "Gandzasar", Qozog‘istonning "Aktobe" va "Elimay" klublarida ham faoliyat yuritgan.
Markaziy himoyachi sifatida katta tajribaga ega futbolchidan jamoa muvaffaqiyati uchun muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor