«Man Siti» 1957 yildan beri ilk bor 4 ta gol oʻtkazib, gʻalaba qozondi
«Shaharliklar» safarda «Fulhem»ni 5:4 hisobida magʻlub etdi.
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
02.12.2025, Yak.
Fulhem
4
Manchester Siti
5
Angliya Premer-ligasining 14-turida «Fulhem»ni 5:4 hisobida mag‘lub etgan «Manchester Siti» 1957 yildan beri birinchi marta to‘rt gol o‘tkazib, g‘alaba qozondi. Bu haqda Opta xabar bermoqda.
Shu yil «Siti» «Sheffild Uensdei»ga nisbatan 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Uchrashuvdan so‘ng, «Fulhem» 17 ochko bilan jadvalning 15-o‘rnida bormoqda, «Manchester Siti» esa 28 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Premer-ligada yetakchi esa 30 ochko to‘plagan va bir o‘yin zaxirada qolgan Londonning «Arsenal»i hisoblanadi.
Keyingi turda, 6 dekabr kuni «shaharliklar» «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist