Holand joriy mavsum 24 ta oʻyinda 33 ta gol urdi
«Man Siti» hujumchisi «Fulhem»ga qarshi oʻyinda oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
02.12.2025, Yak.
Fulhem
4
Manchester Siti
5
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand joriy mavsumda klub va Norvegiya milliy jamoasi safida jami 24 o‘yinda 33 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
25 yoshli forvard Angliya Premyer-ligasining 14-turida «Fulhem» darvozasini ishg‘ol qilib, «shaharliklar»ga 5:4 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
33 golning 21 tasi «Manchester Siti» safida, qolgan 12 tasi esa Norvegiya milliy jamoasi uchun kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, Holand 2022 yilning yozidan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib keladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 180 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist