locale OZ

Holand APLda eng tez 100 ta gol urgan futbolchiga aylandi

«Man Siti» hujumchisiga bunday natijaga erishish uchun 111 ta oʻyin kerak boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Holand APLda eng tez 100 ta gol urgan futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
02.12.2025, Yak.
Fulhem
4
Manchester Siti
5

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya Premyer-ligasining 14-turida «Fulhem»ga qarshi bahsda turnirdagi 100-golini urdi. 25 yoshli forvard bu marraga APL tarixida hammadan tez yetib bordi — unga buning uchun atigi 111 ta o‘yin kifoya qildi.

Ikkinchi o‘rinda «Nyukasl»ning sobiq hujumchisi Alan Shirer qayd etilgan. U 100 ta golni 125 uchrashuvda urgan.

Kuchli uchlikni «Tottenhem»ning sobiq forvardi Harri Keyn yakunlab, 100 ta golga 142 o‘yinda erishgan.

Eslatib oʻtamiz, Holand 2022 yilning yozida «Manchester Siti» safiga qoʻshilgandi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, norvegiyalik forvardning bozor qiymati 180 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting