Holand soʻnggi ikki yil ichida ilk bor mehmonda ofsayd holatiga tushib qoldi
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya Premyer-ligasining 14-turida «Fulhem»ga qarshi uchrashuvda bir marta ofsayd holatiga tushib qoldi.
Shu tariqa, norvegiyalik forvard 2023 yil avgustidan beri APLdagi safardagi o‘yinlarda ilk bor ofsaydga tushdi. O‘shanda «shaharliklar» «Sheffild Yunayted»ga qarshi (1:2) maydonga tushgandi. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida Holand Premyer-ligadagi 100-golini urdi va buni musobaqa tarixida eng tez amalga oshirgan futbolchiga aylandi — unga bor-yo‘g‘i 111 ta o‘yin kifoya qildi.
Eslatib oʻtamiz, Holand 2022 yilning yozida «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil etadi.