locale OZ

Maksim Shatskix: \"O‘yin oxirida g‘alabani ilib ketganimiz ajoyib bo‘ldi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksim Shatskix: "O‘yin oxirida g‘alabani ilib ketganimiz ajoyib bo‘ldi"
Photo: Andijan PFK

Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “Xorazm” – “Andijon” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "burgutlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix ishtirok etdi.

“O‘yin muxlislarga yoqdi, deb o‘ylayman. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari bosim ostida o‘tdi. Bugungi uchrashuv haqida shunday deyishim mumkinki, yigitlar xarakter ko‘rsatishdi. Hisobni tenglashtirganimizdan keyin ham ko‘rinib turganidek, futbolchilarimiz g‘alabani juda xohlashayotgan edi. Yigitlar yutuqqa erishishimiz zarurligini his qilib turishgandi.

O‘yin oxirida g‘alabani ilib ketganimiz ajoyib bo‘ldi. G‘alaba keltirgan golni urib, muvaffaqiyatga erishganimiz yoqimli. Shunday bo‘lsa-da, muammolarimiz yetarli. Ularni bartaraf etish yo‘lida ishlashda davom etamiz. Chunki bunday oddiy holatlarda gollarni o‘tkazib yubormasligimiz kerak. Uchrashuv oxirida hayajonda bo‘lmasligimiz uchun ham oddiy vaziyatlarda to‘plarni darvozamizdan o‘tkazib yubormasligimiz lozim”, — deya Shatskixning so‘zlaridan keltiradi “Andijon” matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting