Maksim Shatskix nima uchun “Andijon”ni boshqarishga qaror qilgani haqida gapirdi
Xabaringiz bor, “Andijon” Aleksandr Xomyakovni iste'foga chiqarganidan so'ng Maksim Shatskixni yangi bosh murabbiy sifatida e'lon qildi.
Tajribali mutaxassis Sports24.kz nashriga bergan intervyusida nima uchun “Andijon”ni boshqarishga qaror qilgani haqida ham aytib o'tdi.
“Eng katta va eng yaxshi muxlislar shu yerda. Ochig'ini aytsam, aynan mana shu sabab ham qarorimni qabul qilishda muhim rol o'ynadi. Klub muxlislari sodiq, chinakam vafodor. Ular deyarli har bir o'yinda stadionni to'ldirib yuborishadi.
Bundan tashqari, jamoa Osiyo Chempionlar Ligasi 2'da o'ynaydi, bu muhim. To'g'ri, ayni damda Chempionlar Ligasida ishtirok etgan jamoamiz a'zolari kamchilikni tashqil qiladi.
Hudoga shukrki, bizda va birinchi navbatda futbolchilarda bizdan ko'ra kuchliroq jamoalar bilan o'ynash imkoniyati bor. Bu esa boshqa atmosfera: turli shaharlar, turli jamoalar, turli sharoit...”, - deydi Shatskix.
Eslatib o'tamiz, “Andijon” 27-may kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bahsda “Nasaf”ga qarshi maydonga tushadi. “Burgutlar” o'tgan mavsum O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan bo'lsa, “ajdarlar” Superliga chempionligini qo'lga kiritgan.