Maksim Shatskix «Andijon» muxlislaridan uzr so‘radi
Kechagi vodi derbisida, garchi "Andijon" omaddan chetda qolgan bo‘lsa-da, "Bobur arena" stadionida muxlislar haqiqiy "vahimali" muhitni yaratishdi va mezbonlarni yuqori darajada qo‘llab-quvvatlashdi.
"Burgutlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix muxlislik haqida shunday dedi:
"Kechagi o‘yinda muxlislarimiz stadionda fantastik muhit yaratishdi. Ular jamoamizni qoyilmaqom darajada qo‘llab-quvvatlashdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.
Biz, albatta, ishqibozlarimizni xursand qilishni xohlagandik. Afsuski, o‘ylaganimizdek bo‘lmadi. Shuning uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman.
Albatta, keyingi uchrashuvlarda ishqibozlarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz".