locale OZ

Luka Uskokovic «Andijon»ni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Uskokovic «Andijon»ni tark etdi
Photo: Andijan PFK

"Andijon" jamoasining legionerlaridan biri, Chernogoriyalik himoyachi Luka Uskokovic "burgutlar" bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomasini bekor qildi.

Bu haqda andijonliklarning matbuot xizmati rasmiy sahifalari orqali xabar bermoqda.

Futbolchi "Andijon" safiga mavsum boshida qo‘shilgan bo‘lib, birinchi davra davomida Superliga va O‘zbekiston Kubogida jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi hamda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Vodiy klubi yozgi transferlar bozorida bir qator futbolchilarni xarid qilish orqali 2-davra va xalqaro musobaqalar oldidan tarkibni kuchaytirib oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting