locale OZ

«Lokomotiv» - «Andijon». O’zaro bahslar tarixidan

“Lokomotiv” – “Andijon” o'rtasidagi o'yin bugun, soat 20:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lokomotiv» - «Andijon». O’zaro bahslar tarixidan
Фото: Андижон ПФК
O‘zbekiston Superligasi
22.07.2026, Yak.
Lokomotiv Tashkent
3
Andijon
3

Bugun “Andijon” jamoasi Superliganing 13-turi doirasida Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi.

“Burgutlar”ning “Temiryoʻlchilar”ga qarshi oʻyinlar statistikasi shundayki, jamoalar chempionatda hozirga qadar 28 marotaba bellashishdi. “Andijon”da 5, “Lokomotiv”da 19 g'alaba mavjud. 4 ta o'yinda kuchlar teng kelib qolgan. To'plar nisbati 28\55 “Loko” foydasiga.

Bu jamoalar oxirgi marta 2024 yili to'qnashishgan. Avvaliga birinchi davrada Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda “Andijon” 1:2 hisobida g'alaba qozonib qaytgan. Gollarga jamoamizdan Islom Mamatkazin va Shaxrom Samiev mualliflik qilgan. Raqib jamoadan sobiq futbolchi – Sardor Abdunabiev to'p kiritgan.

Ikkinchi davrada Andijonda o'tkazilgan uchrashuvda esa 1:2 hisobida mehmonlarning qo'li baland kelgan.

2025 yilgi mavsumda esa bu klublar maydonda raqib sifatida duch kelishgani yo'q. Boisi, “Lokomotiv” pro ligada ishtirok etdi va bu yildan yana Superligaga qaytdi.

“Lokomotiv” – “Andijon” o'rtasidagi o'yin bugun, soat 20:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting