locale OZ

Lamin Yamal Mbappening tarixiy rekordini yangiladi!

Ispaniyalik futbolchi 20 yoshga to‘lmasdan musobaqada eng ko‘p gol urgan o‘yinchiga aylandi.
Futbol
Lamin Yamal Mbappening tarixiy rekordini yangiladi!
Foto: Getty Images

“Barselona”ning 19 yoshli hujumchisi Lamin Yamal Chempionlar ligasida yana bir tarixiy natijaga erishdi. Ispaniyalik futbolchi 20 yoshga to‘lmasdan musobaqada eng ko‘p gol urgan o‘yinchiga aylandi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Yamal “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvda gol urib, Chempionlar ligasidagi gollari sonini 14 taga yetkazgan. Shu tariqa u Kilian Mbappening 13 gollik rekordidan o‘zib ketgan.

Yamal ushbu natijaga atigi 37 ta uchrashuvda erishdi. Futbolchi 2027-yilning iyul oyida 20 yoshga to‘ladi va shu vaqtgacha rekordini yanada yaxshilash imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal Chempionlar ligasidagi 37 ta o‘yinida 14 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting