locale OZ

Klublar tahlilchilari uchun 2 kunlik seminar tashkil etildi

Liga Hudl bilan shartnomasiga binoan, yil davomida ham klublar tahlilchilari uchun qator vebinar va seminar dasturlarini tashkil etishni rejalashtirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klublar tahlilchilari uchun 2 kunlik seminar tashkil etildi
photo: PFL

Liga va Hudl kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, joriy yilning 24-25-mart sanalarida Superliga klublari tahlilchilari uchun seminar tashkil etildi.

Unda Hudl vakillari Superliga klublari uchun taqdim etilgan qurilma va platformalar kategoriyasi, ularning afzalliklari hamda mazkur imkoniyatlardan qay tariqa oqilona foydalanish bo‘yicha seminar o‘tib berdi. Sessiyalar davomida tahlilchilarga Hudl Statsbomb, Hudl Statsbomb Live, Hudl Wyscout, Hudl Sportscode, Hudl Studio va Hudl Replay platformalari, shuningdek, Focus Outdoor kameralari ularning faoliyatini qay tahlid yengillashtirishi hamda ularning murabbiylar uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan statistikalar xilma-xilligini qay yo‘sinda kengaytirish mumkinligi tushuntirib o‘tildi.

Liga Hudl bilan shartnomasiga binoan, yil davomida ham klublar tahlilchilari uchun qator vebinar va seminar dasturlarini tashkil etishni rejalashtirgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting