locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: \"Yozda tarkibni kuchaytirish ustida ishlar olib borilmoqda\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: "Yozda tarkibni kuchaytirish ustida ishlar olib borilmoqda"
Photo: Pakhtakor PFK

Qarshida bo'lib o'tgan "Nasaf" - "Paxtakor" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Kamoliddin Tojiyev quyidagicha fikr bildirganini klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Birinchi bo'limni yomon boshladik va mezbonlar tashabbusga ega bo'lishdi. Yigitlarda toliqish sezildi va o'yinga kirishib ketish qiyin kechdi. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlardan so'ng nazoratni qo'lga oldik. Vaziatlarimiz bo'ldi, yana gol urishimiz ham mumkin edi.

Jamoada ruhiy muammolarni hal etyapmiz, ular bir jamoa bo'lib o'zaro yordam berishga intilishmoqda. Bu borada ishlar yaxshilanib bormoqda. Yozda tarkibni kuchaytirish ustida ishlar olib borilmoqda.

Sergeev kelganimdan beri deyarli almashtirilmasdan o'ynab kelmoqda. U ham temirdan emas, charchoq alomatlari bor. Igorni hujumga yangi kuch berish uchun almashtirdim".

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting