Kamoliddin Tojiyev: \"Raqibga deyarli imkoniyat bermadik\"
Toshkentda "Paxtakor" - "Navbahor" (2:0) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Kamoliddin Tojiyev quyidagilarni aytdi:
"O‘yinda to‘liq ustunlik qildik. Juda ko‘p golli imkoniyatlar yaratdik. Ularidan foydalanishda biroz oqsadik, lekin hujumkor va chiroyli futbol namoyish etdik. Har bir futbolchi o‘z darajasida o‘ynadi, ular terma jamoa saviyasidagi o‘yinchilar. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik. Vaziatlardan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarda ko‘proq ishlaymiz. Faqat shu yordam berishi mumkin. Biz chempionlik sari kurashishda davom etamiz. Jamoa ham buni istamoqda.
Ikkinchi davraga yaxshi hozirlik ko‘rishga intilamiz. Jismoniy jihatdan yana ko‘proq mehnat qilamiz. Tarkibimizni kuchaytirish bo‘yicha ishlar avjida. Tez orada yangiliklarni bilib olasiz", - deya Tojiyevning so‘zlaridan keltiradi “Paxtakor” matbuot xizmati.