Kamoliddin Tojiyev: «Jamoa namoyish etgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi»
"Paxtakor" ustozi "Buxoro"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Фото: Пахтакор ПФК
Superliga 24-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
«Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Raqibimiz oxirgi bellashuvlarda yaxshi harakat qilib kelmoqda.
Yigitlarga tezroq gol urganda, bahs borishini o‘zimiz tomoniga o‘zgartirishimizni ta’kidlagandim. Buni uddalay oldik, hujumkor futbol ko‘rsatdik. Jamoa namoyish etgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi», - deydi Tojiyev.
Eslatib o‘tamiz, "sherlar" turnir jadvalida 46 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist