locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: «Futbolchilarning harakatidan to‘liq qoniqdim»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: «Futbolchilarning harakatidan to‘liq qoniqdim»
Photo: Pakhtakor PFK

Superliganing 19-turi doirasidagi "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng "sherlar" ustozi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

“O‘yinni hujumkor boshladik va tez gol bilan oldinga chiqdik. Shundan so‘ng birinchi bo‘limning qolgan yarmida mehmonlar hujumga o‘tishga intilishdi. Ikkinchi bo‘limda o‘rinbosarlarni maydonga tushirish orqali vaziyatni o‘zgartira oldik. Bugun g‘alabaga erishish juda muhim edi. Avvalgi ikki o‘yindagi omadsizlik tufayli bellashuv ahamiyati yanada oshdi. Ikkinchi bo‘limda ba’zan himoyalanishimizga to‘g‘ri keldi. Futbolchilarning harakatidan to‘liq qoniqdim. Yangi futbolchilar ham jamoaga asta-sekin moslashmoqda”, — deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi “Paxtakor” matbuot xizmati.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting