Kamoliddin Tojiyev «Bunyodkor» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
Superliga 27-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi - 4:2.
O‘yindan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo‘limning o‘zida uchta gol urib, hisobni yiriklashtirdik. Ikkinchi bo‘limda xotirjamlikka berildik va dastlabki 20 daqiqada o‘yinimiz sustlashdi. Keyin esa vaziyatni to‘g‘rilab, imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Bahs yakunida to‘rtinchi gol bilan g‘alabani mustahkamlab oldik. O‘zgarishlarni o‘z vaqtida qildik deb o‘ylayman. Kubok finalidan keyin ba’zi futbolchilarga dam berdik va bugun ular zaxiradan maydonga tushishdi.
Mavsum yakunigacha kurashishda davom etamiz. O‘z o‘yinlarimizni yutsak, keyin vaziyatga baho beramiz», - dedi murabbiy.