Kamoliddin Tojiyev: \"Bugun yigitlar ko‘rsatgan o‘yindan to‘liq qoniqdim\"
Photo: Pakhtakor PFK
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Qo‘qon-1912” (2:0) qarama-qarshiligidan so‘ng “sherlar” bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun yigitlar ko‘rsatgan o‘yindan to‘liq qoniqdim. O‘yinni boshidan oxirigacha nazorat qildik. Juda ko‘p golli vaziyatlarga ega bo‘ldik. Raqib darvozabonining juda a’lo darajada o‘ynaganini ta’kidlab o‘taman.
Avvalgi bahslarda imkoniyatlardan unumli foydalangandik, lekin so‘nggi ikki uchrashuvda bu borada muammolar bo‘ldi. Eng muhimi, vaziyatlarni yuzaga keltira olayotganimiz", — deya Tojiyevning so‘zlaridan keltiradi “Paxtakor” matbuot xizmati.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist