locale OZ

Joan Garsiya «Atletik»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin

Bu haqda Hansi Flik maʼlum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joan Garsiya «Atletik»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
22.11.2025, Yak.
Barselona
4
Athletik
0

«Barselona» Ispaniya chempionati doirasidagi «Atletik»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kataloniya klubi darvozasini Joаn Garsiya qo‘riqlashi aniq bo‘ldi. Buni bosh murabbiy Hans-Diter Flik matbuot anjumanida tasdiqladi.

— Joаn Garsiya qaytishi mumkinmi?

— Siz nima deb oʻylaysiz?

— O‘ynaydi deb o‘ylayman.

— Unda siz haq ekansiz, — dedi Flik.

Eslatib oʻtamiz, Joаn Garsiya so‘nggi bor 25 sentabr kuni «Barselona» safida maydonga tushgan edi. Shundan beri asosiy darvozabon tizzasidagi jarohatdan tiklanayotgan edi.

Maʼlumot uchun, «Barselona» hozirda La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Real»dan uch ochko ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting