«Barselona» yangi «Kamp Nou» stadioni ochilishi vaqtida muxlislarga syurpriz tayyorlaganini maʼlum qildi
«Barselona» matbuot xizmati o‘z uy stadionida, yangi «Kamp Nou»dagi ilk o‘yin davomida ramziy zarba vaqtida maxsus syurpriz tayyorlanishini e’lon qildi.
Uchrashuv 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi. Kataloniyaliklar Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qiladi.
«Ramziy zarba oʻzgacha bo‘ladi… Lekin biz buni syurpriz sifatida saqlaymiz», — deya xabar beradi «Barselona» ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyining oxirida «Barselona» 2025 yil 10 avgustdan boshlab o‘z uy stadioniga qaytishini rasman e’lon qilgan edi. «Kamp Nou» 2023 yil yozida rekonstruksiya sababli yopilgan.
Joriy mavsum boshida kataloniyaliklar stadion ekspluatatsiyasi uchun litsenziya ololmagani sababli uy o‘yinlarini «Olimpik Lluís Companys» arenasida o‘tkazgan.