JCH U17. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Abdumuminovning dubl evaziga g‘alaba qozondi
Azizbek Abdumuminov o‘yinda dublga erishdi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionatining 1-turida Paragvayga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 1-bo‘limidayoq Azizbek Abdumuminov dublni rasmiylashtirdi. 89-daqiqada janubiy amerikaliklar Sanabianing penaltilaridan kiritgan goli hisobdagi farqni qisqartirdi.
Shu tariqa, o‘yin 2:1 hisobida o‘zbekistonlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Guruhning qolgan jamoalari bahsida Irlandiya esa Panamadan ustun keldi, - 4:1.
U17 JCH. 1-tur
Paragvay U-17 – O‘zbekiston U-17 :2
Gollar: Sanabia 89 – Azizbek Abdumuminov 25, 45+3
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist