locale OZ

JCh-2026. Ispaniya Fransiyani ishonchli hisobda mag'lub qilib finalga yo'l oldi

Jahon chempionati yarimfinalining dastlabki bellashuvida Fransiya va Ispaniya o‘zaro bellashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, Yak.
Fransiya
0
Ispaniya
2

Jahon chempionati yarimfinalining dastlabki bellashuvida Fransiya va Ispaniya o‘zaro bellashdi. Unda «qizil furiya» 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dastlab 22-daqiqada Oyarsabal penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida esa Porro ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Ispaniya finalning ilk ishtirokchisiga aylandi. Ular Argentina va Angliya bellashuvi g‘olibiga qarshi g‘oliblik uchun 19 iyul kuni maydonga chiqadi.

JCH-2026. Yarimfinal
Fransiya – Ispaniya 0:2
Gollar:
Oyarsabal 22 penalti, Porro 58
Fransiya – Menyan, Din (Teo Ernandes, 72), Saliba (Lakrua, 30), Upamekano, Kunde, Rabio (Kone, 46), Chuameni, Olise (Sherki, 72), Barkolya (Due, 57), Dembele, Mbappe.
Ispaniya – Simon, Kukurelya, Kubarsi, Lyaport, Porro (Liorente, 84), Rodri, Ruiz (Pedri, 78), Olmo (Merino, 78), Baena (Uilyams 84), Oyarsabal (Torres, 74), Yamal.
Ogohlantirishlar: Rabio 9, Mbappe 86 – Kukurelya 31

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting