Javohir Siddiqov «Bunyodkor»ga o'tmoqda
Superliga-2025da Siddiqov 18 ta uchrashuvda 641 daqiqa maydonda harakat qildi.
Фото: Насаф ПФК
"Nasaf" yarim himoyachisi Javohir Siddiqov faoliyatini Toshkentda davom ettirishga yaqin.
Sports24.uz ma'lumot berishicha, 29 yoshli futbolchi "Bunyodkor" bilan muzokara o'tkazmoqda. Tomonlar o'rtasida og'zaki kelishuv bor.
Agar hammasi ijobiy yakunlanadigan bo'lsa, futbolchi "qaldirg'ochlar" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Superliga-2025da Siddiqov 18 ta uchrashuvda 641 daqiqa maydonda harakat qildi. 2024 yilda "ajdarlar" bilan mamlakat chempioni bo'ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist