locale OZ

Jan-Filipp Mateta faoliyatini «Fenerbaxche»da davom ettirishi mumkin

Istanbul klubi hujumchi izlashda davom etmoqda va hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jan-Filipp Mateta faoliyatini «Fenerbaxche»da davom ettirishi mumkin
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, Yak.
Fransiya
0
Ispaniya
2

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. A Spor portali xabar berishicha, hujumchining xizmatlari «Fenerbaxche»ga taklif qilingan.

Ta’kidlanishicha, Istanbul klubi hujumchi izlashda davom etmoqda va hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, Seru Girassi va Olli Uotkins ustuvor nomzodlar bo‘lib qolmoqda.

Ayni paytda «Fenerbaxche» Mateta transferi bo‘yicha rasmiy taklif kiritmagan. APLning o‘tgan mavsumida 29 yoshli fransiyalik futbolchi 32 ta o‘yinda 12 ta gol urgan. Uning Transfermarkt bo‘yicha bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting