locale OZ

Jamshid Boltaboyev – «Navbahor»ga qaytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jamshid Boltaboyev – "Navbahor"ga qaytdi
Photo: Navbakhor PFK

“Navbahor” yozgi transfer "oynasi"dan samarali foydalangan holda, o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirishni maqsad qilgan edi.

So‘nggi uch mavsum (2022-2023-2024)da "lochinar" safida to‘p surib, o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlislar sevimlisiga aylangan yarim himoyachi Jamshid Boltaboyev "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi 1996 yil, 3-oktabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida "Paxtakor", "So‘g‘diyona", "Navbahor", "Neftchi" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Bu yilning birinchi davrasida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi safida to‘p surib, davralar oralig‘ida qadrdon bo‘lgan jamoasiga qaytdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting