locale OZ

Jahon chempionati oldidan U-17 terma jamoamizda jiddiy yo'qotish?!

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Jahon chempionati oldidan U-17 terma jamoamizda jiddiy yo'qotish?!
FOTO: UzbekistanFA

O'zbekiston U-17 terma jamoasi a'zosi Nurbek Sersenbayev Osiyo Kubogi finalida olgan qizil kartochkasi sabab uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.

OFK ma'lumotlariga ko'ra, Sersenbayevning ushbu qoidabuzarligi sport harakatlariga mos emas deb topilgan. Katta ehtimol bilan Nurbek kichik Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogi finalida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Ta'kidlash lozim, hamyurtlarimiz ushbu bahsning ikkinchi yarmini ikki kishi kam bo'lib o'tkazgan edi.

Ma'lumot uchun, 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionati 3-noyabrdan 27-noyabrgacha Qatar yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting