locale OZ

Islombek Ismoilov: «Sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni mag‘lub eta olasiz degani emas»

Farg‘ona klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Islombek Ismoilov: «Sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni mag‘lub eta olasiz degani emas»
photo: Dinamo fk
O‘zbekiston Superligasi
03.08.2026, Yak.
Dinamo Samarqand
0
Neftchi Fargona
0

Islombek Ismoilov: «Sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni mag‘lub eta olasiz degani emas. «Dinamo»ning yoshlari bu yoshda O‘zbekistondagi eng yaxshilardan hisoblanadi»

Superliga 15-turining markaziy o‘yini «Dinamo» va «Neftchi» bahsi durang (0:0) natija bilan yakunlangach, uchrashuvdan keyin dastlab Farg‘ona klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Ikkala jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish etishini barcha biladi. Ikki tomonda ham hujumlar va golli vaziyatlar yetarli bo‘ldi, faqat o‘yinga gol yetishmadi. Xatolarni o‘rganamiz.

«Neftchi»ning kuchli tarkibi bugun ish bermadimi? «Dinamo» tarkibini ham yomon demagan bo‘lardim. Tajribali Bahodir Nasimovni aytmasak, qolgan hujumkor o‘yinchilari yosh va hali o‘sadigan yigitlar. Firdavs Abdurahmonov, Oybek O‘rmonjonov, Behruzbek Obloqulov shular jumlasidan. Qolaversa, Anvarjon Hojimirzayev ham hozir praym davrini o‘tkazmoqda. Ha, bu yigitlar hali uncha tanilmagan, lekin «Dinamo»ning yoshlari bu yoshda O‘zbekistondagi eng yaxshilardan hisoblanadi.

Ha, biz bugun yutolmadik, ammo sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni mag‘lub eta olasiz degani emas. Buni JCHda Ispaniya Kabo-Verdeni mag‘lub eta olmaganidan ko‘rsa bo‘ladi. Chempion sifatida harakat qilish, turnir jadvalida yuqorida turish qiyin. Bugun «Dinamo»da yo‘qotadigan narsasi yo‘q edi, ular yomon o‘ynashmadi. «Dinamo»da ham ko‘plab golli vaziyatlar yuzaga keldi», - dedi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting