Islom To‘xtaxo‘jayev ham sobiq jamoasiga qaytmoqda
Superliga-2025da To‘xtaxo‘jayev 25 ta o‘yinda 2 ta gol urdi, 2147 daqiqa maydonda harakat qildi.
Фото: ОКМК
Superligaga qaytgan “Lokomotiv” klubi yangi mavsum arafasida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirmoqda.
Sports24.uz ma’lum qilishicha, “temiryo‘lchilar” o‘zining sobiq va tajribali o‘yinchilarini ortga qaytaryapti. Xususan, OKMK himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev ham “Lokomotiv”ga qaytmoqda.
Futbolchi bu borada klub bilan gaplashib olgan va olmaliqliklarni tark etadi. Islom Toshkent klubi safida ilgari o‘ynagan va mamlakat chempioni hamda kubogini ham qo‘lga kiritgan.
Superliga-2025da To‘xtaxo‘jayev 25 ta o‘yinda 2 ta gol urdi, 2147 daqiqa maydonda harakat qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist