“Inter” bosh murabbiyi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
Saudiyaning “Al-Hilol” klubi direktorlar kengashi raisi Fahad bin Nafel “Inter” rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazish uchun Milanga jo'nab ketdi. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Al-Hilol” “Inter” yarim himoyachisi Nikolo Barella va bosh murabbiyi Simone Inzagiga qiziqish bildirmoqda.
Barella bo'yicha jo'natilgan birinchi taklif rad etilgan, biroq saudiyaliklar bo'sh kelmoqchi emas. Ular yana bir bor ushbu transferni amalga oshirish uchun harakat qilib ko'rmoqchi.
Shu o'rinda, “Inter” Inzagi bilan shartnomani 2028-yilga qadar uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishganini ma'lum qildi. Agar bu kelishuv amalga oshsa, mutaxassis yiliga 7 million yevro maosh oladi va A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylanadi.
Qayd etilishicha, agar Inzagi “Al-Hilol” taklifini qabul qilsa, saudiyaliklar unga har bir mavsum uchun 20 million yevrogacha maosh berishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, “Inter” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya” ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lub etib, yarim finalga yo'llanma oldi. Ushbu bosqichda “neradzurrilar”ga “Barselona” raqiblik qiladi.