locale OZ

Insayd: Rubin Xebay \"Nasaf\"ni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Insayd: Rubin Xebay "Nasaf"ni tark etdi
FOТО: FC Nasaf

O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi 1 iyul kuni ochiladi.

Biroq jamoalarda o‘tishlar allaqachon boshlab yuborilgan.

Sports24.uz saytining ma’lumotiga ko‘ra, Qarshining "Nasaf" klubining albaniyalik hujumchisi Rubin Xebay birinchi davra tugamasidan jamoani tark etdi. Xususan, futbolchi bugungi "Paxtakor"ga qarshi bahs qaydnomasidan joy olmadi.

Xebay 2025 yil boshida "ajdarlar" safiga kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi "Nasaf" tarkibida barcha musobaqalarda jami 10 ta uchrashuvda (jami 307 daqiqa) maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Katta ehtimol bilan hujumchi ikkinchi davrani Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubida boshlaydi.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting