Igor Sergeev ikkinchi bor Superliga to‘purari bo‘ldi
Bungacha Igor 2015 yili 24 ta gol bilan to‘purar bo‘lgan edi.
Фото: Пахтакор ПФК
“Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev o‘z faoliyatida ikkinchi bor chempionatimiz to‘purari bo‘ldi. U joriy mavsum Superligada 20 ta gol urishga erishdi. Kubokda esa 5 ta gol muallifi bo‘ldi.
Bungacha Igor 2015 yili 24 ta gol bilan to‘purar bo‘lgan edi. Sergeevning "Paxtakor" tarkibidagi umumiy gollari soni 153 taga yetdi – chempionatda 122, kubokda 19 va Chempionlar Ligasida 12 ta.
Ketma-ket 8-mavsum Superligada "Paxtakor" futbolchisi to‘purar bo‘ldi – Bezerra, Cheran (6 marta) va Sergeev. Umumiy hisobda esa chempionatda 12-bor to‘purarlik jamoa o‘yinchilariga nasib qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist