Hojimat Erkinov \"Paxtakor\"ga qaytdi
Photo: Pakhtakor PFK
“Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi Hojimat Erkinov faoliyatini yana "sherlar" safida davom ettiradi.
24 yoshli hujumkor yarim himoyachi "Paxtakor"da shu paytgacha 75 o‘yinda 17 gol muallifiga aylangan. Klub tizimida tarbiyalangan Hojimat "sherlar" bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi.
“Umid qilamizki, u o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan sovrinlar qo‘lga kiritishimizga o‘zining katta hissasini qo‘shadi”, - deyiladi klub xabarida.
Erkinov o‘tgan mavsumni BAAning "Al-Vahda" jamoasi safida o‘tkazgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist