Hansi Flik Karlo Anchelottining iste'foga chiqarilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Karlo Anchelottining iste'foga chiqarilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Anchelotti bilan sodir bo'layotgan voqealarni kuzatish yoqimsiz. U “Real Madrid” bilan qo'lga kiritish mumkin bo'lgan hamma sovrinni yutdi. Men uni juda hurmat qilaman”, - deydi Flik.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da Anchelotti “Real”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Italiyalik mutaxassis 2021-yildan buyon “Qirollik klubi”da ishlab kelmoqda.
Ma'lumot uchun, Ispaniya La Ligasining 33-turidan so'ng 76 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida “Barselona” peshqadamlik qilmoqda. “Real” esa 69 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.