Hakim Fuzaylov: \"Bu o‘yin bilan uch ochko olish amrimahol edi”
Photo: Andijan PFK
"Xorazm" – "Andijon" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida urganchliklar ustozi Hakim Fuzaylov quyidagicha fikr bildirdi:
"To‘g‘risini aytganda, biz o‘zimiz 3 ochkoni raqibga taqdim etdik. Yutishimiz kerak bo‘lgan o‘yin edi. Boshqa hech narsa deya olmayman. Orqaga yotib oldik, natijada raqib vaziyat yaratdi. Muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Bu o‘yin bilan uch ochko olish amrimahol edi", — deya Fuzaylovning so‘zlarini keltiradi "Andijon" matbuot xizmati.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng "Xorazm" turnir jadvalida 10-o‘ringa tushib ketdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist