locale OZ

Fevzi Davletov: «Biz ayrim vaziyatlarda gol urishimiz mumkin edi»

“Surxon” bosh murabbiyi "Buxoro"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fevzi Davletov: «Biz ayrim vaziyatlarda gol urishimiz mumkin edi»
Фото: Сурхон ПФК

Superliga 29-turidan o‘rin olgan “Surxon” – OKMK (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashib OAV vakillarining savollariga javob berdi

“O‘yin qiyin bo‘lishini biz kutgan edik. Futbolchilarga o‘yin muhimligini alohida ta’kidlab o‘tgandik. Biz ham hujumda, ham himoyada yomon o‘ynamadik va balansni saqladik. Bugungi kabi taktik o‘yinlarda ko‘p xavfli vaziyat sodir bo‘lmaydi.

Biz ayrim vaziyatlarda gol urishimiz kerak edi. Yaxshi tomonlardan biri – himoyada ishonchli o‘ynab, gol o‘tkazib yubormadik. Ko‘p futbolchilar betob bo‘lgan holda o‘ynadi va ayrim futbolchilar qaydnomaga kiritilmadi. Shuningdek, Behruz Karimov va Asilbek Jumaev Xitoyda U23 terma jamoa safida musobaqada qatnashib, klub ixtiyoriga atigi 1 kun oldin kelishdi. Buni inobatga olib, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishga harakat qilishdi va o‘yin davomida yaxshi harakat qilishdi. Bugun durang.

Ertaga esa, Buxoroga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz”, - dedi Davletov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting