Fabio Kannavaro: \"Musobaqaning har bir uchrashuvidan zavqlanishimiz va tajriba olishimiz kerak\"
Bugun Kolumbiyaga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda #MilliyJamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro hamda jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ishtirok etdi.
Biz ushbu stadionga avval ham kelganman, bu yerda Maradonna eng yorqin gollarini kiritgan. Biz ham ushbu tarixiy stadionda ilk oʻyinimizni oʻtkazayotganimizdan xursandmiz.
Mening fikrimcha, siz nimagadir yetishmoqchi boʻlsangiz, qiyinchilikdan oʻtishingiz kerak, barchaga buni isbotlashingiz kerak. Mashgʻulotlarda qiyinchiliklar boʻlishi bu tabiiy holat.
OʻFA akademiyalarga, infratuzilmalarga juda ham koʻp e'tibor qaratmoqda. Mamlakatda futbol rivojlanib boryapti. Bu Oʻzbekiston uchun ilk Jahon chempionati. Men Oʻzbekistonning ilk Jahon chempionatida bosh murabbiy sifatida ishtirok etayotganimdan xursandman.
Men futbolchi sifatida Jahon chempionatida ishtirok etganman, biroq murabbiy sifatida ishtirok etish baribir boshqacha. Futbolchi sifatida va murabbiy sifatida tayyorgarlik boshqa boshqa narsa. Chunki siz barcha futbolchilaringiz bilan gaplashishingiz kerak.
Bizni juda ham qiziq va shiddatli oʻyinlar kutib turibdi. Raqiblarimiz ham yuqori darajadagi jamoalar. Biz ilk bor bu musobaqada ishtirok etyapmiz, ushbu musobaqaning har bir uchrashuvidan zavqlanishimiz va tajriba olishimiz kerak",-dedi O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi.