locale OZ

Fabio Kannavaro: Ertaga barcha muxlislarimiz bizni tomosha qiladi

Kolumbiyaga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Kannavaro: Ertaga barcha muxlislarimiz bizni tomosha qiladi
photo: UFA
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
O‘zbekiston
1
Kolumbiya
3

Kolumbiyaga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda #MilliyJamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro hamda jamoamiz Sardori Eldor Shomurodov ishtirok etdi.

"Xayrli kech barchaga. Bu biz uchun ilk Jahon chempionati hisoblanadi. Ertaga barcha muxlislarimiz bizni tomosha qiladi, barcha futbolchilarimiz errtangi oʻyinga tayyor.

Husanov albatta muhim himoyachilarimizdan bittasi, u hali yanada yuqori darajaga chiqish imkoniyati bor. U ayni paytda ham yuqori darajada oʻyinlar koʻrsatib kelmoqda.

Oʻylaymanki, bu yerda eng yaxshi fazilatlarimizni, oʻzbeklarning mentalitetini namoyish qilishga kelganmiz. Men jamoa bilan ishlaganimda oʻz tajribamni ulashishga harkat qildim. Chunki men ham qachonlardir ilk bor Jahon chempionatida debyut qilganman va oʻz tajribalarimni yetkazib boryapman.

Kolumbiya va Portugaliya kabi jamoalar yuqori darajadagi oʻyin namoyish etishadi. Ularning tarkibida kuchli futbolchilar bor. Ularga qarshi oʻyinda extiyotkorlik bilan oʻynaymiz. Biroq Kolumbiyada nafaqat Xames, balki koʻplab yaxshi darajdagi futbolchilari bor.

Kolumbiyani tahlil qildik, oxiriga qadar oʻynaydi. Biz ham oʻz imkoniyatimizni namoyish etib, maydonga tushamiz",-dedi O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting