Eshli Yang — \"Ipsvich\" futbolchisi
Photo: Getty Images
"Ipsvich" Eshli Yang transferini e'lon qildi.
40 yoshli himoyachi Chempionshipga tushib ketgan klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Yang shu yozda "Everton"ni erkin agent sifatida tark etgandi. U mersisaydliklar safida 2023 yildan beri o'ynab kelayotgandi.
Angliyalik futbolchi faoliyati davomida "Aston Villa" va "Manchester United"da ham to'p tepgan.
Eshli o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 32 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Bahrom Bobonov
Redaktor