locale OZ

Erjan Tokotaev «Andijon» a'zosiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erjan Tokotaev 'Andijon' a'zosiga aylandi
Photo: Andijan PFK

Yozgi seleksiyada tarkibini kuchaytirayotgan “Andijon” klubi o‘z safini yana bir mahoratli futbolchi bilan to‘ldirdi.

Qirg‘iziston milliy terma jamoasi darvozaboni Erjan Tokotaev rasman “Andijon” futbolchisiga aylandi. U bilan shartnoma imzolandi va endilikda
“Burgutlar” sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, Erjan Tokotaev 2000-yilning 17-iyul sanasida Qirg‘izistonda tavallud topgan. Darvozabon faoliyati davomida “Dordoy” (Qirg‘iziston), “Alga” (Qirg‘iziston), “Kaspiy” (Qozog‘iston), “Turon” (Qozog‘iston) va “Shanliurfasspor” (Turkiya) klublarida harakat qilgan.

Tokotaev 2023-yildan beri Turkiya chempionatida “Shanliurfasspor” safida to‘p surgan. Erjan faoliyati mobaynida hozirgacha 92 ta o‘yinda ishtirok etgan. 2021-yildan beri Qirg‘iziston milliy terma jamoasi a'zosi hisoblanadi va hozirgacha bosh jamoada 36 ta o‘yin o‘tkazgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting