locale OZ

Eldor Shomurodov: Milliy jamoa sardori sifatida qatnashish — men uchun katta gʻurur

Kolumbiyaga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov: Milliy jamoa sardori sifatida qatnashish — men uchun katta gʻurur
photo: UFA
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
O‘zbekiston
1
Kolumbiya
3

Bugun Kolumbiyaga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda #MilliyJamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro hamda jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ishtirok etdi.

"Hammani kayfiyati a'lo darajada, ilk bor Jahon chempionatida qatnashyapmiz. Hayajon bor, lekin hech qanday bosim yoʻq. Barcha futbolchilarimiz ushbu oʻyinni intiqlik bilan kutyapti.

Uzoq kutilgan Jahon chempionati terma jamoa sardori sifatida qatnashish — men uchun katta gʻurur. Ertaga ijobiy natija qayd etishimizga umid qilaman. Xalqimizdan esa bizni qoʻllab-quvvatlashini soʻrab qolaman. Bizda bosim yoʻq, ertaga biz jamoamiz bilan birgalikda toʻliq tayyor boʻlamiz",-dedi O'zbekiston milliy jamoasi sardori.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting