«El Klasiko» «Real» va «Barselona» futbolchilarining ommaviy mushtlashuvi bilan yakunlandi (foto)
Uchrashuvda Madrid klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
26.10.2025, Yak.
Real Madrid
2
Barselona
1
Ispaniya chempionatining 10-turidan oʻrin olgan «Real» va «Barselona» oʻrtasidagi bahsda maydonda tortishuv yuzaga keldi. «Santyago Bernabeu»da boʻlib oʻtgan uchrashuvda Madrid klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Bellashuv yakuniga bir necha soniya qolganda jamoalarning zaxira o‘rindiqlari yaqinida tortishuv kelib chiqdi. Bu vaziyatda «Real»ning zaxira darvozaboni Andrey Lunin sariq kartochka oldi. Oʻyin tugaganidan soʻng esa maydondagi futbolchilar oʻzaro janjallashishdi.

Mazkur gʻalabadan keyin «Real» 27 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Barselona» esa 22 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist