locale OZ

«Durang bizni qoniqtirmaydi» - Vadim Abramov

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Durang bizni qoniqtirmaydi» - Vadim Abramov
Photo: Dinamo PFK

"Dinamo" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Achchiq durang. Afsuski, yana hisobda oldinda borayotganimizda oxirida gol o‘tkazib yubordik. Bunga o‘zimiz aybdormiz, ikkinchi bo‘limda raqibga to‘pni berib, noto‘g‘ri himoyalandik, jamoaviy o‘yinimiz yarim himoyachilarsiz o‘tayotgandek bo‘ldi. O‘yinni nazorat qilib, qarshi hujumda raqibni jazolash mumkin edi. Raqib gol urgan vaziyatda o‘yindan tashqari holatdek tuyuldi, nima ham derdim – futbol shunaqa o‘yin. Bu durang bizni qoniqtirmaydi.

Ulug‘bek Hoshimovning jarohati? Hozircha ma’lumot yo‘q, ertaga bilib olamiz. Umid qilamanki, bu jiddiy emas, shunga qaramay, u 1-2 hafta bizga yordam bera olmasligi mumkin.

Uyda g‘alabani saqlab qola olmayotganimiz bosim yoki ruhiy holat bilan bog‘liq emas, shunchaki, raqiblar safarda ko‘proq himoyadan o‘ynashadi, bu qiyinchilik tug‘diradi. Gol ham uryapmiz, ammo ba’zida xotirjamlikka berilayotgandekmiz. Maydonda hamjihatlikni qo‘ldan chiqaryapmiz.

Chetdan chiqarish? O‘zim ham hayron bo‘ldim, chunki hattoki VARni ham ko‘rishmadi. Firdavs Abdurahmonov raqibiga tajovuzkorlik qiladigan bola emas. Birdaniga qizil kartochka berilgani meni hayron qoldirdi. U juda tartibli yigit. Bu men uchun tushunarsiz qaror bo‘ldi.

Abduxoliqovning goli aniq ofsayd edi? Ha, ofsayddekk ko‘rindi, ammo keyin vaziyatni ko‘rib, hakamlar golni inobatga olishdi.

"Nasaf" va "Neftchi" uzoqlashmoqda? Hali bu raqiblarga qarshi o‘yinlarimiz bor, umid qilamanki, ularga qarshi o‘yinlargacha ham biz bu kurashda ishtirok etayotgan bo‘lamiz", - dedi Vadim Karlenovich.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting