Dmitriy Pletnyov – \"Dinamo\" futbolchisi
"Dinamo" jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga Belarusda puxta tayyorgarlik ko‘rib, o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Mavsumning dastlabki qismini "Surxon" klubida o‘tkazgan Dmitriy Pletnyov erkin agent sifatida "Dinamo" safiga qo‘shilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Superliganing eng yaxshi yarimhimoyachilaridan biri bilan 1,5 yillik shartnoma imzolandi. Rossiyalik 27 yoshli yarimhimoyachi jamoamizning Belarusdagi mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildi.
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish Pletnyov Rossiya o‘smirlar jamoasi safida JCh-2015da ishtirok etgan. Shuningdek, u Rossiyaning "Zenit", "Tom", "Baltika", Qozog‘istonning "Atyrau", Belarusning "Arsenal" va so‘nggi ikki mavsum davomida Termizning "Surxon" jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.