locale OZ

«Dinamo» o‘yinchilari milliy jamoalardan chaqiruv olayotgani katta sharaf» – Vadim Abramov

Vadim Karlenovich “Surxon”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Dinamo” o‘yinchilari milliy jamoalardan chaqiruv olayotgani katta sharaf” – Vadim Abramov
Фото: Динамо ПФК

“Surxon” – “Dinamo” (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, Termizdagi g‘alaba va O‘zbekiston milliy hamda yoshlar jamoasiga chaqirilgan shogirdlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Bugungi bahs qiyin bo‘lishini oldindan taxmin qilish qiyin emasdi, “Surxon” yaxshi va o‘ynaydigan jamoa. Bugun ham yuqori chiziqda o‘ynashga tayyor edik. Birinchi bo‘limda ikkita gol urgach, yana bir qancha vaziyatlarga ega bo‘ldik, biroq yana gol ura olmagan bo‘lsak-da, o‘yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limda esa ko‘proq hisobni saqlash uchun o‘ynay boshladik. Muhimi, g‘alabaga erishdik. Endi tiklanib, tanaffusdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytamiz.

- Kubok yarimfinalidan keyin jamoangiz alamli mag‘lubiyatga munosib javob qaytarishi kerakligi haqida gapirgandingiz, shunday bo‘ldimi?
- Xafa bo‘lmaymiz demagandim, chunki finalga chiqa olmagan har qanday jamoa xafa bo‘ladi. O‘sha mag‘lubiyatga jamoa qanday reaksiya qilishi meni qiziqtirgan edi. Ikki o‘yinda ikki g‘alabaga erishdik, oldinga yurishda davom etamiz. Chunki hali kurashda ekanimizni ko‘rsatdik.

- So‘nggi yillarda ilk bor “Dinamo”dan ikki nafar futbolchi O‘zbekiston milliy jamoasiga, ikki nafari yoshlar jamoasiga chaqirildi va yana ikki nafari Olimpiya jamoasi a’zosi bo‘ldi...
- Bu sizlar qatori meni ham juda xursand qiladi, bu o‘yinchilarga yanada shijoat bag‘ishlaydi. Qolaversa, bu “Dinamo” jamoasi uchun ham faxr va katta sharaf, – deydi Vadim Karlenovich.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting