locale OZ

\"Dinamo\" jamoasi Minsk shahriga jo‘nab ketdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Dinamo" jamoasi Minsk shahriga jo‘nab ketdi
Photo: Dinamo PFK

"Dinamo" jamoasi bugun, 14 iyuldan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, samarqandliklar dushanba tongida Toshkentdan Minsk shahriga jo‘nab ketdi. Vadim Abramov shogirdlari yozgi tanaffusda Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Xorij yig‘ini doirasida Samarqand jamoasi 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Raqib jamoalar va nazorat o‘yinlari sanasi haqida keyinroq ma’lumot beriladi. "Dinamo" 12 kunlik yig‘indan 26 iyul kuni qaytadi.

Ma’lumot uchun, "Dinamo" Superliga 2-davrasining dastlabki o‘yinida 2 avgust kuni Samarqandda "Navbahor"ni qabul qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting