“Dinamo” jamoasi Belarusda yig‘in o‘tkazadi
Superliga 15-turi doirasidagi “Dinamo” – “Nasaf” (2:2) uchrashuvidan so‘ng “Dinamo” jamoasi qisqa ta’tilga chiqdi.
Birinchi davrani muvaffaqiyatli o‘tkazgan Vadim Abramov shogirdlari bir haftalik dam olishdan so‘ng 14-iyuldan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi. “Dinamo” jamoasi yozgi tanaffusda Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni hamda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan. Xorij yig‘ini doirasida Samarqand jamoasi 4ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi ko‘zda tutilgan. Raqib jamoalar va nazorat o‘yinlari sanasi haqida yig‘in boshlangach ma’lumot beriladi. “Dinamo” 12 kunlik yig‘indan 26-iyul kuni qaytadi.
Ma’lumot uchun, “Dinamo” Superliga 2-davrasining dastlabki o‘yinida 2-avgust kuni Samarqandda “Navbahor”ni qabul qiladi.